Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

+88. O‘zbekistonning uchta hududida aholi orasida koronavirus aniqlandi

+88. O‘zbekistonning uchta hududida aholi orasida koronavirus aniqlandi

2020 yil 28 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7813 (+88) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafari Andijon viloyati (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida va yana 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni soatlarda poytaxtimizning tibbiyot muassasalarida 8 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi.

Shunday qilib, yurtimizda 5248 (+8) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil qilmoqda.
 
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 2544 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:02 28.06.2020. O'qildi: 5869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!