Rishton tuman ichki ishlar bo‘limida probasiya guruhi hisobida jazo o‘tab kelayotgan nazoratdagi shaxslar o‘rtasida qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida davra suhbati va sayyor sud yig‘ilishi o‘tkazildi.
Sud jarayonida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tash davomida haqiqatdan ham mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, jazo o‘tash tartib-qoidalariga rioya qilgan, tuzalish yo‘liga o‘tgan, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq amal qilganligi uchun Rishton tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan turli muddatlarga axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolari tayinlangan 8 nafar shaxslar muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.
2 nafar mahkum esa o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurganligi sababli og‘irroq jazoga, ya’ni, ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.