"Bavariya" yangi hujumchi masalasida oldinga siljishga erishdi. Transfer News Live nashrining jurnalist Tobi Altshefflga tayanib xabar berishicha, Myunxen grandi Luis Dias bilan 4 yillik shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan. Bitim yopilgan taqdirda kolumbiyalikning maoshi bir mavsum uchun 14 million yevroni tashkil etadi.
Tez orada "Bavariya" va "Liverpul" Luis Diasning transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi.
Nufuzli "Transfermarkt" portali 28 yoshli Diasni 70 million yevroga baholamoqda. "Liverpul" safida kolumbiyalik futbolchi 148 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol urgan va sheriklariga 23 ta golli uzatma bergan.