Dars qilish maqsadida televizorni o‘chirishga chog‘langan yetti yoshli o‘g‘lim ekran burchagidagi "7+" belgisiga ishora qilib, meni savolga tutdi:
– Dada, televizorimiz ekranida shunaqa raqamlar paydo bo‘lib qolyapti. Nima bu?
– Bu ko‘rsatuv va film yetti yoshdan kattalar uchun, yosh bolalar esa "Bolajon"ni ko‘rsindegani, – dedim.
Ammo o‘g‘limning yuz ifodasidan bildimki, bu uning savoliga anchayin to‘mtoq javob edi.O‘zimda esa ba’zi mulohazalar paydo bo‘ldi...
Maishiy va axborot imkoniyatlarimizning ortib borayotgani ba’zida o‘zligimizga,ma’naviyatimizga pinhona tahdid solayotgandek. Xususan, "ommaviy madaniyat"targ‘ibotchilari axloqsizlik g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirishda televideniye,internet va boshqa kommunikasiya texnologiyalaridan muhim vosita o‘rnidafoydalanayotgani bunga yaqqol misol.
2017 yil 8 sentyabrda qabul qilingan "Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchiaxborotdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun ayni shu kabi salbiy holatlarga yo‘lqo‘ymaslik, ularning oldini olishga qaratilgani bilan muhim bo‘ldi.
Mazkur qonunning bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni tasniflash hamdaaxborot mahsulotining yoshga doir tasnifi 3-bobda batafsil yoritilgan. Xususan, o‘zjoniga qasd qilish, bolalarda alkogolli va tamaki mahsulotlari, giyohvandlikvositalarini iste’mol qilish, ota-onaga hurmatsizlik, oilaviy qadriyatlarni inkoretuvchi, pornografik xususiyatga ega bo‘lgan axborotlar bolalar o‘rtasida tarqatilishitaqiqlangan axborot mahsulotlari jumlasiga kiritilgan. Yoshga doir toifa belgisiuning namoyishi boshlangandan so‘ng hamda har bir reklama tanaffusidan keyinekranning burchagida kamida sakkiz soniya davomida namoyish qilinishi lozim. Ammoayrim telekanallar hanuzgacha bunday qoida talablariga e’tiborsiz ekani tushunarsizholat.
Shuningdek, qonunda axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi uni bolalarning yoshtoifalaridan biriga kiritish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilangan.Telekanallarda "0+, 7+, 12+, 16+, 18+" kabi eslatmalar katta yoshdagi tomoshabinni,xususan, ota-onalarni sergak torttirishi lozim. Ekranda "7+" yozuvi paydo bo‘ldimidemak, ko‘rsatuv yoki filmda yetti yoshdan kichik farzandingiz ko‘rishi mumkin bo‘lmaganko‘rinish mavjud.
Ayrim telekanallar va internet tarmoqlarida turli g‘ayriodatiy harakatlar,shafqatsizlik targ‘ib qilingan videoroliklarning namoyish etilishi va undan yoshlarsalbiy ko‘nikma hosil qilishi, hatto uni amalda sinab ko‘rish holatlari uchramoqda.Oqibatda o‘ta shafqatsiz va jamiyat uchun xatarli jinoyatlar paydo bo‘lyapti, turliijtimoiy tarmoqlarning ma’lumotlarni saralamasdan taqdim qilayotgani esa ba’ziyoshlarni kiberqahramon bo‘lishga undashi shubhasiz.
Afsuski, rasmiy axborot manbalari, xususan, davlat telekanallari ham bevosita, ba’zanesa bilvosita bu g‘arazgo‘ylarning tegirmoniga suv quyayotgandek. Xususan, so‘nggipaytlarda televideniyeda "jinoyat va jazo" rukni ostida berilayotgan ko‘rsatuvlarshafqatsizlik, zo‘ravonlik kabi faktlar bilan namoyish etilayotgani ko‘p uchraydi.Albatta, bu holatda ta’sirchanlikni oshirish, jinoyatchilikning yomon oqibatlariniko‘rsatib berish maqsad qilingan.
Ammo shuni ham nazardan qochirmaslik kerakki, televizor qarshisida hali ongu shuurishakllanib ulgurmagan, hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan yoshlar bor. Bu ayrimholatlarda inson ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi, hatto yaxshi maqsadda tayyorlanganko‘rsatuvning teskari natija berishiga sabab bo‘lish ehtimoli katta.
Sulaymon MARDIYEV.
Manba: zarnews.uz