Ukrainaliklar AQShni tark etish talabi bilan xatlar oldi. Tramp jamoasi buni "texnik nosozlik" deb atadi.
Gumanitar dastur asosida AQShda bo‘lgan bir necha ukrainalik fuqaro go‘yoki maqomlari bekor qilingani sababli yetti kun ichida mamlakatni tark etish talabi bilan elektron xat olishdi.
Keyinchalik Reuters agentligi Donald Tramp ma’muriyati vakiliga asoslanib, xabarnomalar xatolik tufayli yuborilganini ma’lum qildi.
"Agar siz darhol AQSh hududini tark etmasangiz, majburiy chiqarib yuborish choralariga duchor bo‘lishingiz mumkin," - deyilgan xatda, unda AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi qabul qilinganlarning gumanitar maqomini bekor qilgani ta’kidlangan.
So‘ngra vazirlik rasman jo‘natma tasodifiy bo‘lganini va 2022 yilda urush boshlanganidan keyin ishga tushirilgan ukrainaliklarni gumanitar qabul qilish dasturi davom etayotganini ma’lum qildi. Dastur ishga tushirilganidan beri AQShda 240 mingga yaqin Ukraina fuqarosi vaqtinchalik huquqiy maqom oldi. Qancha odam noto‘g‘ri xabarnoma olgani hozircha noma’lum. Maktublar urushdan qochgan ukrainaliklarni vahimaga soldi.