Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

“7,4 mlrd so‘m talon-toroj qilingan” — Toshkentda o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

“7,4 mlrd so‘m talon-toroj qilingan” — Toshkentda o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich ishi bo‘yicha hukm o‘qildi



12 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yo‘l o‘tkazgichning bir qismi o‘pirilib tushgandi. Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, 6 kishi jinoiy jazoga tortildi.

Sud hujjatiga ko‘ra, qurilish ob’ektida 6 mlrd 177 mln so‘mlik ishlar yaroqsiz bajarilgan va 1,2 mlrd so‘mlik ish amalda bajarilmagan holda qo‘shib yozilgan.

Sudlanuvchilar mansab soxtakorligi (JK 209-moddasi) va o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (JK 167-moddasi) jinoyatlarida aybli deb topildi. Ularga 1 yil moddiy va mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 116,2 mln so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.

Bosh prokuratura depozit hisob raqamiga qo‘yilgan 7 mlrd 377 mln so‘m pul davlat foydasiga o‘tkazilgan.
Kiritildi: 18:31 04.08.2026. O'qildi: 2662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!