AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyotiga sarflangan mablag‘ 65 milliard dollardan oshib ketdi, deb yozmoqda Iran War Cost Tracker portali.
Resurs ma’lumotlariga ko‘ra, operasiyaning 59-kunida umumiy xarajatlar ushbu summadan oshib ketgan. Shu bilan birga, xarajatlar real vaqt rejimida o‘sishda davom etmoqda.
Qayd etilishicha, operasiya AQShga sekundiga taxminan 11,5 ming dollarga tushadi. Hisob-kitobga harbiy xodimlarni saqlash, mintaqaga kemalarni tashish va boshqa tegishli xarajatlar kiritilgan.
Ushbu portal ma’lumotlarni real vaqt rejimida yangilab boradi hamda shaxsiy tarkib va mintaqaga tashlangan kemalarni ta’minlash, shuningdek, boshqa turdagi xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni hisoblab boradi.
Hisob-kitob metodikasi Pentagonning Kongressga taqdim etgan hisobotiga asoslangan bo‘lib, unda dastlabki olti kun 11,3 milliard dollarga tushgani va kelgusidagi xarajatlar kuniga bir milliard dollarni tashkil etishi aytilgan edi.