Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

641 va 545 shisha qalbaki ichkilik musodara qilindi

641 va 545 shisha qalbaki ichkilik musodara qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirishkor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.A.” MCHJ rahbari O.T. savdo do‘konida qalbaki aksiz markali va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 37 turdagi 641 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Urganch tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.S.” MCHJ savdo do‘koni ko‘zdan kechirilganida qalbaki aksiz markali va tegishli hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi 545 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:33 29.05.2025. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!