Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Sirdaryo viloyati boshqarmalar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar SH.A va SH.B. fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, unga 680 AQSh dollari evaziga “V, S” toifali haydovchilik guvohnomasini tayyorlab berishni va’da qilishib, shundan 600 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.