El-Salvador huquq-tartibot idoralari respublika qirg‘oqlaridan ikki tonna kokainni musodara qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu haqda Nayib Bukele X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Estero-de-Xaltepek ko‘rfazidan 752 km janubi-g‘arbda uch nafar kolumbiyalik 50 million dollarlik giyohvand modda olib ketayotgan kema qo‘lga olingan.
Bukelening ta’kidlashicha, so‘nggi sakkiz oy ichida El-Salvador huquq-tartibot idoralari xalqaro suvlardan qiymati taxminan 380 million dollarga baholangan 15 tonnadan ortiq kokainni musodara qilgan.