AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga qurol yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyati cheklangan. Bu haqda agentlik xabar berdi .
«Baydenning Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyati chegaralangan, chunki qolgan pulning katta qismi faqat Pentagon zaxirasida turgan qurollar uchun ishlatilishi mumkin», — deyiladi hisobotda.
Agentlikning qayd etishicha, Amerika rasmiylari Kiyevga katta miqdorda qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yubora olmaydi, chunki bu AQSh qo‘shinlarining mudofaa qobiliyatini pasaytiradi.
Bloombergning fikricha, Bayden va uning ma’muriyati AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inaugurasiyasiga ikki oydan kamroq vaqt qolganida Kiyevni maksimal darajada qo‘llab-quvvatlashga va Moskvaga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda.
Agentlikning qayd etishicha, Baydenning strategiyasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga yordam berish va agar jangovar harakatlar davom etsa, Kiyev Rossiyaga javob qaytarish salohiyatiga ega ekanligini ko‘rsatishga qaratilgan.