«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning qaysi o‘yinchilari bilan xayrlashishga qarshi bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi.
The Mirror xabariga ko‘ra, manchesterliklarning yangi ustozi klubning 7 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi. Bu ro‘yxatdan Harri Maguayr, Jonni Evans, Kristian Eriksen, Tirell Malasiya, Kazemiro, Antoni va Viktor Lindelef joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, Amorimning «MYu»dagi debyuti ertaga 24 noyabr kuni safarda «Ipsvich Taun»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.