Ayni paytda 50 mingga yaqin livanlik mamlakatni tark etib, Suriyaga qochib ketgan . Bu haqda BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi .
«Livanda yashovchi 50 mingdan ortiq livanlik va suriyalik Suriyaga ko‘chib o‘tgan. 200 mingdan ortiq odam Livan ichida qochqin bo‘ldi», - deb yozadi u.
BMT vakili o‘z murojaatida Livan aholisi Isroil armiyasining havo hujumlaridan qutulish uchun mamlakatni tark etganini ta’kidladi.