Bugun 5 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

5 million tonnadan ortiq paxta – O‘zbekiston tarixidagi rekord!

5 million tonnadan ortiq paxta – O‘zbekiston tarixidagi rekord!

2026 yilda mamlakatimizda ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta xomashyosi yetishtirilib, tarixiy natijaga erishildi.

Hosildorlik – yangi bosqichda!

So‘nggi yillarda paxta hosildorligi gektariga 21 sentnerdan 56 sentnerga yetdi. Joriy yilda qariyb 400 ming gektar maydonda o‘rtacha hosildorlik 70 sentnerni tashkil etdi. Salkam 70 ming gektarda esa har gektardan 100–110 sentnergacha hosil olindi.

Bu natijaga qanday erishildi?

🔹 Ilm-fan va ishlab chiqarish integrasiyasi kuchaytirilib, olimlarning ilmiy ishlanmalari va tavsiyalari bevosita dalalarga tatbiq etildi.

🔹 Serhosil, mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos navlar hamda zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish kengaydi.

🔹 Ilg‘or agrotexnik usullar, ekish va parvarishlash texnologiyalari takomillashtirilib, har bir gektardan yuqori hosil olishga e’tibor kuchaytirildi.

🔹 Suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi natijasida paxtachilikda suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki baravar kamaydi.

Zamonaviy texnika – mo‘l hosil garovi!

Etishtirilgan paxta hosilining 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida atigi 30–35 kun ichida yig‘ib olindi. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizasiyalashgan terim darajasi 100 foizga yetdi.

Fermerlar daromadi – islohotlar samarasi!

Joriy yilda fermer xo‘jaliklari paxta yetishtirishdan 13–14 trillion so‘m sof foyda olishi kutilmoqda.

5 million tonnadan ortiq paxta, yuqori hosildorlik va zamonaviy mexanizasiya — O‘zbekiston paxtachiligida amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin natijasidir.

Kelgusi yil uchun maqsad yanada yuksak: serhosil navlar, agrodronlar, suv va energiya tejovchi texnologiyalar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib, paxta hosildorligini o‘rtacha 65–70 sentnerga yetkazish!

Kiritildi: Bugun 15:43. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!