Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

5 may kuni Estoniyada Rossiya chegarasi yaqinida xalqaro harbiy mashg‘ulotlar boshlanadi

5 may kuni Estoniyada Rossiya chegarasi yaqinida xalqaro harbiy mashg‘ulotlar boshlanadi

Estoniya mudofaa kuchlari Bosh shtabi 2025 yilda eng yirik xalqaro harbiy mashg‘ulotlar boshlanganini e’lon qildi, Siil 2025 5-23 may kunlari, birinchi navbatda, mamlakatning shimoli-sharqida va janubi-sharqida, Rossiya bilan chegara yaqinida bo‘lib o‘tadi.

"Interfaks" agentligining xabar berishicha, mashg‘ulotlarda Estoniya mudofaa kuchlari bo‘linmalari, Kaitseliit harbiylashtirilgan ko‘ngillilar tashkiloti, NATO ittifoqdosh qo‘shinlari, shuningdek, qator hamkor davlatlar harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.

Mashg‘ulotlardan maqsad milliy va mintaqaviy mudofaaning asosiy vazifalarini bajarish, bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini tekshirish va ittifoqchilar bilan hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Joriy yilda Estoniyaga qo‘shimcha ittifoqchi kuchlarni kiritish va ularni Estoniya diviziyasiga operativ integrasiyalash, to‘liq jangovar shaylikka erishishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mashg‘ulotlarning asosiy bosqichlari Estoniya mudofaa kuchlarining markaziy poligonida, Nursipalu poligonida va uning atrofidagi hududlarda bo‘lib o‘tadi. Mamlakatning g‘arbiy, shimoliy va markaziy qismlarida yordam tadbirlari rejalashtirilgan.

Siil 2025 Estoniya uchun bu yilgi eng yirik mashg‘ulot bo‘ladi. 16 mingdan ortiq kishi, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Portugaliya, Daniya, Shvesiya, Finlyandiya, Latviya, AQSh va Kanada harbiy xizmatchilari ishtirok etadi. Yaponiya, Isroil va Ukraina vakillari ham mashg‘ulotlarda kuzatuvchi va instruktor sifatida ishtirok etadi.

Kiritildi: 16:04 02.05.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!