Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

5-6 noyabr kunlari Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

5-6 noyabr kunlari Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

5-6 noyabr kunlari Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

Hozirgina taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Uchtepa tumani hududiga qarashli 04 kVli 1932-sonli past kuchlanishli transformator punktida ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, “Zulfizar”mahalla hududidagi “Ibrat”, “ZiyoSaid”, “Yangi labzak”, “Nashriyot”, “Tabrik”, “Zulfizar” hamda “Nizomiddin Xo‘jayev” ko‘chalarida 2019 yil 05 noyabr kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Tumanning “Quyi darxon” mahalla hududida joylashgan 1255-sonli past kuchlanishli transformator punktida ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, “Beshqayrag‘och”, ”Taqachi”, “Munosabat”, “Atoiy” va “Chevar” 1, 2, 3 –tor “Zulfizar”, “Ixtiro” ko‘chalarida 2019 yil 05 noyabr kuni soat 09:00dan 14:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Shuningdek, 05 va 06 noyabr kunlari Chilonzor tumanining 6-mavze hududiga qarashli 5357-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, tumandagi “OITS” markazida soat 10:00 dan 17:00 qadar elektr energiyasi vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Shuningdek, ertaga, 5 noyabr kuni Andijon viloyatining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar 110 kV kuchlanishli “L-G‘alaba” elektr uzatish tarmog‘i rejali mukammal ta’mirlanishi sababli, Andijon tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “Otchopar” podstansiyasidan ta’minlanuvchi “Otchopar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi xonadonlarida;

Izboskan tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Lug‘umbek” podstansiyasining elektr uzatish tarmog‘i rejali mukammal ta’mirlanishi sababli, “Do‘stlik”, “Chekyor”, “Rovvot”, “Yuqori”, “Navjur”, “Xaqulobod”, “Taraqqiyot”, “Bo‘ston”, “Navrozobod”, “Obod”, “Birlashgan” ahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi xonadonlarida va 6 kV kuchlanishli “Markaziy taqsimlash shohobchasi” 1-SSh elektr uzatish tarmog‘i rejali mukammal ta’mirlanishi sababli, Andijon shahridagi “O‘zbekiston”, “Yangi turmush”, “Buvasadin” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi xonadonlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Hazorasp tumanida elektr uzatish tarmoqlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

2019-2020 yillarda kuz-qish davrida elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha ta’mirlash ishlari jarayonida hududlarda elektr energiyasida uzulish holatlari kuzatilishi mumkun.

Jumladan, Hazarasp tumanidagi “Karvak”, “Ovshar”, “Yangiobod”, “Aloqali ko‘l”, “Amudaryo”, “Yangibozor”, “G‘afur G‘ulom”, “Shovot” mahallalarida soat 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasida uzulishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr iste’molchilardan so‘raymiz.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati 

Kiritildi: 20:35 04.11.2019. O'qildi: 2566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!