Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

46 yoshli boks afsonasi Menni Pakyao kamar uchun jangda durang qayd etdi

46 yoshli boks afsonasi Menni Pakyao kamar uchun jangda durang qayd etdi

Las-Vegas shahridagi MGM Arena majmuasida PBC promouterlik kompaniyasi o‘tkazgan professional boks oqshomi nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning markaziy jangi yarim o‘rta vazn toifasida amerikalik WBC yo‘nalishi chempioni Mario Barrios hamda turli vazn toifalarida 46 yoshli sobiq jahon chempioni, Filippin sharafini himoya qiluvchi afsonaviy Menni Pakyao o‘rtasida kechdi.

12 raundlik chempionlik jangi to‘liq davom etdi. Qizig‘i, hakamlar bahsda durang natijasi qayd etilganini e’lon qilishdi. Hakamlardan biri 115:113 hisobida Marioga g‘alabani bergan bo‘lsa, ikki nafari 114:114 hisobidagi tenglikni aks ettirgan.

Kamar esa Barriosning o‘zida qoladigan bo‘ldi.

Shunday qilib, 46 yashar Pakyao o‘zining 73-jangida 3-marta durangga rozi bo‘ldi. Uning hisobida 62 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyat bor. 30 yoshli Mario Barriosning rekordi esa endi 29-2-2 ko‘rinishida.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun majburiy da’vogar sanaladi.

Kiritildi: 12:13 20.07.2025. O'qildi: 2090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!