Dani Alves tez orada professional futbolga qaytishi mumkin. The Touchline xabariga ko‘ra, 42 yoshli Alves Portugaliyaning uchinchi divizioni vakili "San-Joau de Ver" jamoasida o‘ynay boshlashi mumkin. Yaqinda braziliyalik futbolchi ushbu klubning hammuallifiga aylangandi.
Ayni paytda Alves kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish bilan band. Manbaning ta’kidlashicha, Dani Braziliya terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish orzusidan voz kechmagan.