Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

40 yoshli Ronaldu 2025 yilda nechta gol urdi?

40 yoshli Ronaldu 2025 yilda nechta gol urdi?

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy yilda 40 ta gollik natijani ortda qoldirdi.

40 yoshli futbolchi shanba kuni Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Ohdud"ga qarshi kechgan va Jorje Jezush jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda dubl qayd etdi. Ronaldu hisobida 2025 yil boshidan buyon barcha turnirlarda kiritilgan 40 ta gol bor. Yulduz hujumchi Yevropani tark etgach, ketma-ket uchinchi marta bu ko‘rsatkichga erisha oldi.

"An-Nasr" o‘n turdan keyin 30 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda - hali ham birorta ham mag‘lubiyat yo‘q. Jamoa 30 dekabr kuni joriy yildagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi - raqib "Al-Ittifoq" bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 08:58. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!