Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Tergov qo‘mitasi Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot halokati bo‘yicha olib borilgan tergovni to‘xtatdi

 Rossiya Tergov qo‘mitasi Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot halokati bo‘yicha olib borilgan tergovni to‘xtatdi

Bu haqda Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov ma’lum qildi. Uning aytishicha, mazkur qaror Boku tomonida “juda jiddiy” savollarni uyg‘otmoqda.

Ozarboyjon TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Boku Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin tomonidan imzolangan rasmiy xatni olgan. Unda tergov to‘xtatilgani haqida ma’lumot berilgan. Bayramov bunday qadam Ozarboyjon tomoni uchun tushunarsiz va jiddiy tashvishli ekanini ta’kidlagan.

Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi 2024 yilda sodir bo‘lgan Azerbaijan Airlines samolyoti halokati bo‘yicha tergovning yangi materiallarini e’lon qilgan edi. Qozog‘iston tomoni ma’lumotiga ko‘ra, samolyotdagi shikastlanishlar, dastlabki xulosalarga binoan, jangovar kallakning zarba beruvchi elementlari ta’siri oqibatida yuzaga kelgan, biroq ularning qaysi tomonga tegishli ekanini aniqlash imkoni bo‘lmagan.

2024 yil 25 dekabrda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Rossiyaning Grozniy shahriga uchayotgan samolyoti Qozog‘istonning Oqtov shahrida halokatga uchrab, 38 kishi halok bo‘lgan edi. Putin Ozarboyjon samolyoti bilan sodir bo‘lgan voqea uchun Aliyevdan uzr so‘ragan va layner “Ukraina dronlari hujumi sababli qulaganini” da’vo qilgan. Ozarboyjon prezidenti esa halokat uchun javobgarlikni “Rossiya vakillari”ga yuklab, aybdorlarni jazolashni talab qilgan.

Kiritildi: Bugun 17:50. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!