Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

40 davlat Isroilni qoralab qo‘shma bayonotni imzoladi

40 davlat Isroilni qoralab qo‘shma bayonotni imzoladi

Isroil armiyasi tinchlikparvar kuchlarga qarshi zarbalar bergani haqidagi xabarlar ortidan 40 davlat Isroilni qoralab, BMT tinchlikparvar kuchlarini Livan-Isroil chegarasida himoya qilishga chaqiruvchi qo‘shma bayonotni imzoladi.

Mamlakatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi Muvaqqat kuchlarini to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

«Biz yaqinda BMT tinchlikparvar kuchlariga qilingan hujumlarni keskin qoralaymiz. Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi va to‘g‘ri tekshirilishi kerak», — deyiladi o‘nlab davlatlar qo‘shma bayonotda.

Bayonotni imzolagan 34 davlat ro‘yxati: Polsha🇵🇱, Fransiya🇫🇷, Turkiya🇹🇷, Buyuk Britaniya🇬🇧, Avstriya🇦🇹, Italiya🇮🇹, Armaniston🇦🇲, Janubiy Koreya🇰🇲, Janubiy Koreya🇰🇷🇷 , Janubiy Kipr 🇨🇾, Ispaniya🇪🇸, Estoniya🇪🇪, Malayziya🇲🇾, Latviya🇱🇻, Niderlandiya🇳🇱, Qatar🇶🇦, Indoneziya🇮🇩 Salvador 🇸🇻, Fiji🇫🇯 , Finlyandiya🇫🇮 , Gana🇬🇭, Gvatemala🇬🇹, Vengriya🇭🇺, Irelandiya🇮🇪, Qozog‘iston🇰🇿, Tanzaniya🇹🇿, Malta🇲🇳, S.🇲🇳, 🇱🇰.

Hindiston🇮🇳, Gresiya🇬🇷, Germaniya🇩🇪, Kolumbiya🇨🇴, Urugvay🇺🇾 va Peru🇵🇪 keyinchalik bayonotga qo‘shilib, 34 davlat bayonotga to‘liq rioya qilishini e’lon qildi.

«Tinchlikparvar kuchlarning xavfsizligi muhim ahamiyatga ega va BMT Xavfsizlik Kengashining mavjud rezolyusiyalariga muvofiq ta’minlanishi kerak», dedi Hindiston.

Bayonot Shveysariyada ham qo‘llab-quvvatlandi: «Shveysariya, UNTSO orqali UNIFIL'ga hissa qo‘shayotgan davlat sifatida ushbu bayonotni baham ko‘radi va qo‘llab-quvvatlaydi.»

❕ Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni indoneziyalik ikki tinchlikparvar harbiy minoraga isroillik tanklari tomonidan o‘t ochishi oqibatida kuzatuv minorasidan qulab, jarohatlangan edi. Juma kuni Isroil kuchlari Shri-Lanka askarlari yaralangan voqea uchun o‘z askarlari mas’ul ekanini tan oldi.

Kiritildi: 12:51 13.10.2024. O'qildi: 5569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!