Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

31 yoshli Xarri Keyn ilk bor sovrin yutdi!

31 yoshli Xarri Keyn ilk bor sovrin yutdi!

Xarri Keyn faoliyatidagi ilk sovrinni 31 yoshida qo‘lga kiritdi.

Angliyalik forvard "Bavariya" tarkibida Germaniya chempioniga aylandi. U klubdagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda.

Keyn avval "Tottenxem"da 12 mavsum o‘ynagan, biroq Angliya Premyer-ligasi, ichki yoki xalqaro kubok musobaqalarida g‘olib chiqmagan. Uning hisobida Premyer-liganing 320 o‘yinida 213 ta gol bor.

Shuningdek, hujumchi Angliya terma jamoasi tarkibida hech qanday sovringa ega emas. Eng yaxshi natija – ikki Yevropa chempionati finali (2021 yilda Italiya bilan 1:1, 2:3, 2024 yilda Ispaniya bilan 1:2). Keyn Angliya terma jamoasi safida 105 ta uchrashuvda 71 ta gol urgan.

Kiritildi: 22:42 04.05.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!