Barchamizga ma’lumki, ilgari o‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash uchun aniq bir mezon belgilab berilmagandi. Bu jarayonda inson omili muhim sanalib, maktab rahbari o‘zi istagancha dars soatlarini taqsimlagan.
O‘qituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari va kasbiy mahoratiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.
Hozir bundan emas. Bugungi kunda o‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlashda ularning erishgan natijalari hamda kasbiy mahoratiga qarab ustuvorlik belgilab qo‘yilgan.
❕Ho‘sh, unda qaysi toifadagi o‘qituvchilar 30 soatgacha dars olishi mumkin?
Tasavvur qilaylik, siz ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiz va siz birinchi malaka toifaga egasiz. Boshqa hamkasblaringiz esa ikkinchi va toifaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar deylik.
Maktabda ona tili va adabiyot fanidan jami 64 soat dars soati mavjud bo‘lsa, ana shu holatda sizni maktab direktori 30 soat dars bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi. Qolgan hamkasblaringizga esa 34 soat teng taqsimlanadi.
Chunki, «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda ustuvor ketma-ketlik asosida o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari (bir yarim stavkagacha) belgilanishi qayd etilgan.
Faqatgina maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.
Xulosa shuki, qaysi o‘qituvchi pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan bo‘lsa va kasbiy mahorati yuqori bo‘lsa, birinchi navbatda o‘sha o‘qituvchiga ko‘proq dars soatlarini ajratiladi.