Hindistonning shimoli-sharqiy Mizoram shtatida yashovchi, ko‘pxotinlik amal qiladigan mahalliy Chana Pavl mazhabining lideri Ziona Chana vafot etdi. Marhumning 30 dan ortiq beva ayollari, 90 ga yaqin bolalari va 33 nafar nabirasi bor.
Ziona Chana 13 iyun kuni vafot etdi, u gipertoniya va diabet kasalligidan aziyat chekdi. Erkak 76 yoshda edi.
Mahalliy OAV marhum erkakning 36 dan 39 nafargacha xotini borligini yozmoqda. Bolalarning aniq soni ham noma’lum –89 dan 94 gacha. Ammo barcha jurnalistlar bu oila dunyodagi eng katta oila bo‘lganini ta’kidlashmoqda.
Ziona Chananing vafoti munosabati bilan Mizoram shtati bosh vaziri Lal Tanxavla ta’ziya izhor etdi. Shuningdek, u Ziona sayyoradagi eng katta oilaning boshlig‘i deb hisoblanishini ta’kidladi.