Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

3 yoshli qizaloq kaltaklanishi oqibatida vafot etdi

3 yoshli qizaloq kaltaklanishi oqibatida vafot etdi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 3 yoshli qizaloq olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etdi.

Bosh Prokuraturaning darakchi.uz'ga ma’lum qilishicha, marhum qizaloqni qarindoshi kaltaklab, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

"2019 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi SH.Q ga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazganligi oqibatida, voyaga yetmagan SH.Q o‘ziga kelmasdan, 13 avgust kuni shifoxonada vafot etgan" deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, qizchaning onasi Turkiyaga 2020 yil ishlash uchun ketgan. Qizini qarindoshining qaramog‘iga qoldirgan.

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovning borishi ustidan viloyat prokurori tomonidan alohida nazorat o‘rnatilgan.

Kiritildi: 17:04 16.08.2022. O'qildi: 4360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!