Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

28 may kuni respublikamizda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” o‘tkaziladi

28 may kuni respublikamizda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” o‘tkaziladi

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash va yirik shaharlarimizda avtomobil harakati intensivligini kamaytirish maqsadida ertaga, 28 may kuni Nukus, Toshkent va barcha viloyat markazlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi.

An’anaviy ravishda, ushbu kun davomida davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga, shuningdek, fuqarolarga shaxsiy avtomobillardan foydalanmaslik, jamoat transporti, piyoda yurish, velosiped va boshqa ekologik toza transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Bunday tadbirlar atmosferaga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, shaharlarimizdagi shovqin darajasini pasaytirish, shuningdek, atrof-muhitga mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga qaratilgan.

"Avtomobilsiz kun" aksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil 21 fevralda imzolangan 37-sonli Farmon asosida har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.

Aksiyaga qo‘shiling va ekologiya, salomatlik hamda qulay harakatlanish yo‘lida ongli tanlovni amalga oshiring. Sizning hissangiz mamlakatning toza havosi va ekologik farovonligiga muhim hissa qo‘shadi.

Kiritildi: 20:35 27.05.2025. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!