Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

28-30 noyabr kunlari Parijda Fransiya-O‘zbekiston universitetlari II forumi bo‘lib o‘tadi

A A A
 28-30 noyabr kunlari Parijda Fransiya-O‘zbekiston universitetlari II forumi bo‘lib o‘tadi

Ushbu forumda ishtirok etish maqsadida hozirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi bir guruh oliy ta’lim muassasalari rahbarlaridan iborat mamlakatimiz delegasiyasi Parijda bo‘lib turibdi.

Quvonarlisi, ushbu forum shu kunlarda Parijda har yili an’anaviy tarzda o‘tadigan «Campus France–2022 uchrashuvlari» doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Fransiya universitetlaridan 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari, professorlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan mazkur xalqaro tadbir fransuz oliy ta’limi va xorijdagi tadqiqotlar jozibadorligini oshirishga yordam beradigan maxsus muloqot maydoni hisoblanadi.

Tashrif doirasida ikki davlat oliy ta’lim sohasi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan bir qator kelishuvlarga erishish hamda yakkama-yakka muloqotlar olib borish, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari va Fransiya ta’lim maskanlari bilan hamkorlikda madaniy tadbirlar ham o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 19:11 28.11.2022. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!