Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

25 yoshli qassob yigit qarindoshining joniga qasd qildi...

25 yoshli qassob yigit qarindoshining joniga qasd qildi...

Qassobchilik bilan shug‘illangan yigit 2019 yil 21 aprel soat taxminan 10.00 larda Namangan shahri, Bunyodkor MFY hududidagi “Yoshlik baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli hayvon bozorida qarindoshi undan qarzga olgan 2,5 mln. so‘mni o‘z vaqtida qaytarmagani va otasiga tan jarohati yetkazganidan g‘azablanadi. Bozor hududidan tashqariga chiqib, ko‘cha bo‘ylab ketayotgan qarz olgan qarindoshini yaqin qarindoshlari – akasi va ukasining ko‘z o‘ngida tanasiga bir necha marotaba pichoq urib, badaniga ko‘plab shikast yetkazadi. Bezorilik oqibatida qasddan o‘ldirmoqchi bo‘layotganida, ushbu hodisaning guvohi bo‘lgan fuqarolar tomonidan ajratib qolinadi. Yigit hodisa joyidan qochib yashiringan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan viloyat filiali jonlantirish bo‘limi shifokorlari tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy  yordamlar natijasida tan jarohat olgan fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

 

“ERTASIGA BO‘LGAN VOQEANI ESLAB, O‘Z XOHISHIM BILAN IIBGA BORDIM”

Sudlanuvchi sudda aybiga qisman iqrorlik bildirdi...

— Jabrlanuvchi onam tomonidan qarindosh bo‘ladi. 2019 yil 21 aprel soat 6.00 larda otam va ikki nafar qarindoshlarim bilan Namangan shahri, Bunyodkor mahallasida joylashgan “Yoshlik baraka” MCHJga qarashli hayvon bozoriga borib, hayvon sotib oldik. So‘ng jabrlanuvchi onam tomonidan qarindosh “yarim soatda qaytarib beraman”, degan shart bilan mendan qarzga 2 mln. so‘m oldi. Keyin bozorni aylanib yurib, odamlar to‘planib turgan joyga bordim. Otam yerda yotganini ko‘rib, karaxt bo‘lib qoldim. O‘zimni bilmay qoldim, nima bo‘lganini eslay olmayman. 

Jabrlanuvchiga pichoq urganimni dastlabki tergov jarayonida bildim. Voqea kuniga qadar jabrlanuvchi bilan o‘rtamizda hech qanday adovat bo‘lmagan. U bilan 2 mln. so‘mni oldi-berdisi yuzasidan urishmadim. U urgani uchun otam yerda hushsiz holda yotganini ko‘rib, “otam vafot etibdi”, deb o‘ylab, “shok”ka tushdim. Aslida pichoqni bozordagi oshxonadan qarindoshimni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida olgandim. O‘zim bilmagan holda pichoq bilan unga tan jarohati yetkazdim. Kuchli ruhiy hayajonlanishim natijasida shu ishlarni qilib qo‘ydim.

Dastlabki tergovda “pul uchun pichoq urdim”, deb ko‘rsatma bermaganman. “Kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida pichoq urdim”, deganman. Pichoqni uning badanini qaysi joylariga urganimni eslay olmayman. Ushbu voqeadan so‘ng o‘zimni yo‘qotib, qochib Axsikentda yashaydigan holamning uyiga bordim. Ertasiga bo‘lgan voqeani eslab, o‘z xohishim bilan IIBga bordim.

2019 yil 22 aprel kuni tergovchi so‘roq qilganida hamma holatni aytib berganman. So‘roq jarayonida pedagog, psixolog hamda himoyachi ishtirok etgan. So‘roq bayonnomasi mening so‘zlarimdan yozilgan. Tergovda “Qarindoshim 3 yil oldin olgan 1 mln. so‘m va o‘sha kuni olgan 2 mln. so‘mni qaytarib bermaganidan jahlim chiqib, o‘zimni to‘xtata olmadim”, deb ko‘rsatma bermaganman. 

Qilmishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman. Jahl ustida jinoyat sodir etganimni inobatga olgan holda qonuniy yengillik berishingizni so‘rayman.

 

“7 YIL OZODLIKDAN MAHRUM QILISh JAZOSI TAYINLANDI”

Davlatmirza Kamilov, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi raisi: 

— Mamadaliyev Olimxon JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “j, l” bandlari bilan 57-moddasi qo‘llanib, 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazo 2019 yil 22 apreldan boshlab hisoblab, umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirilishi belgilandi.

Hukmdan norozi taraflar hukm e’lon kilingan kundan boshlab, 10 sutka muddat ichida, sudlanuvchi va jabrlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab, shu muddat ichida jinoyat ishlari buyicha Namangan viloyat sudiga apellyasiya tartibida, bu muddat o‘tgach kassasiya tartibida shikoyat yoki protest keltirishga haqli.

Sadoqat Allaberganova, jurnalist

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 05:30 14.01.2020. O'qildi: 2692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!