Tadbirda Respublikaning barcha hududlaridan uzluksiz ta’lim tizimida xitoy tilini o‘rganuvchi talaba va o‘quvchilardan vakillar, ularning ustozlari ishtirok etishdi.
Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi janob Yu Jun tadbirni ochib berdi va nutq so‘zladi.
Shuningdek, tadbirda O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor Abduraxim Nasirov, Xitoy filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari va O‘zDJTU talabalari ishtirok etdi.
Har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan ushbu tadbirda 17 nafar talabalarimiz sovrindor bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning har biri elchi tomonidan sertifikat hamda 4.000.000 so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.