“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida Farg‘ona viloyat IIB tomonidan, Farg‘ona tumani IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida 1999 yilda Yordon mahallasida yashovchi A.E. boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 156 dona va 28.800 dona turli nomdagi jami narxi 25.000.000 so‘mlik pirotexnika vositalarini olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.