XTV axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 238-maktabning 9-11-sinf o‘quvchi qizlari bilan bolalar ginekologi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yuzasidan ma’lumot berdi.
Xabar berilishicha, mamlakatimizda erta tug‘ruqlarni oldini olish, yoshlarning reproduktiv salomatligini asrash, jinsiy zo‘ravonliklarni profilaktika qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi bolalar ginekologi tomonidan 238-maktabning yuqori 9, 10, 11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati ham shu maqsadda tashkil etilgan.
Davra suhbati Oliy Majlis Senati qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirining buyruqlari asosida tashkil qilinmoqda.
Bu kabi o‘smirlik fiziologiyasi, reproduktiv salomatlikka oid suxbatlarni barcha umumta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘quvchilari bilan rejaga muvofiq o‘tkazish belgilangan.
Suhbatlar davomida o‘quvchi qizlarga bolalar ginekologi tomonidan qizlarning 16-18 yoshlarda ona bo‘lishi salbiy oqibatlarga olib kelishi, ko‘p hollarda bunday yoshdagi qizlarning sog‘lom farzandni dunyoga keltirishida turli muammolar kelib chiqishi to‘g‘risida tushuntirishlar berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 238-maktabning 9-11-sinf o‘quvchi qizlari bilan ginekolog o‘rtasida juda uyatsiz suhbat o‘tkazilgani haqida videomurojaat tarqalgandi.