Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

21 oktyabr kuni Toshkentning 3 ta tumani vaqtincha gazdan uzildi

21 oktyabr kuni Toshkentning 3 ta tumani vaqtincha gazdan uzildi

Shu yilning 21 oktyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Yangihayot tumanlarining ba’zi hududlari ta’mirlash ishlari tufayli gazdan vaqtincha uzildi.

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 21-oktyabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi aholi iste’molchilari soni:

“Zulayho” mavzesidagi 11 ta ko‘p qavatli uylardagi 792 ta xonadon

Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta

Issiqxona: 1 ta

Sergeli tumanidagi aholi iste’molchilari soni:

“Yuqori Darxon” MFY Navro‘z va Dilxush ko‘chalardagi 315 ta yerli xonadon

Ulgurji iste’molchilar soni: 4 ta

Yangihayot tumanidagi aholi iste’molchilari soni: “Past Darxon” MFYdagi 208 ta yerli xonadon

Ulgurji iste’molchilar soni: 5 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 10:14. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!