Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

2040 yilga borib ipoteka krediti portfeli 56,7 mlrd dollarga yetkaziladi

2040 yilga borib ipoteka krediti portfeli 56,7 mlrd dollarga yetkaziladi

Joriy yil 19 noyabr kuni Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan, 2040 yilga qadar har yili qurilayotgan uy-joylar sonini ikki baravarga oshirib, 421 mingtaga olib chiqish, ipoteka krediti portfelini 10 baravardan ortiq ko‘paytirgan holda 56,7 mlrd AQSh dollariga yetkazish belgilangan.

Hujjat bilan uy-joy sohasini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash va «Yangi O‘zbekiston» massivlarini barpo etish ishlarini izchil davom ettirgan holda uy-joy fondida zamonaviy uy-joylar ulushini 2040 yilga qadar 50 foizga yetkazish hamda uy-joy bozoriga bank moliyasi va institusional investorlar mablag‘larini, shu jumladan, ipoteka kreditidan foydalangan holda jalb etish kabi yo‘nalishlar belgilandi.

Farmonga muvofiq:

  • O‘zbekiston Respublikasida 2040 yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari;
  • O‘zbekiston Respublikasida 2040 yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar;
  • O‘zbekiston Respublikasida 2040 yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, Asosiy yo‘nalishlar urbanizasiya, uy-joy va ipoteka bozorini 2040 yilgacha rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishning asosi bo‘lib, ushbu sohada ishlab chiqiladigan barcha yangi normativ-huquqiy hujjatlar unga muvofiq bo‘lishi lozim.

Kiritildi: 15:20 22.11.2025. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!