Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish islohotlari natijasida 2030 yilga borib mamlakatga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar soni 25 million nafarga, ichki sayyohlar esa 50 million nafarga yetishi mumkin.
Mamlakatdagi xalqaro ayeroportlar soni 18 taga yetdi, yana 7 ta ayeroport ta’mirlanmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyatida yangi xalqaro ayeroport qurilishi jarayonda.
Hozirda 51 ta xorijiy aviakompaniya O‘zbekistonga doimiy qatnovlarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, AQShdan 22 ta zamonaviy Boeing samolyoti xarid qilingani mamlakatni Yevropa, AQSh va Osiyo bilan bog‘laydi.
«Belgilangan maqsadga erishish uchun har oyda kamida 2 million turistni qabul qilishimiz lozim. Prezidentimizning ayeroportlar, reyslar va mehmonxonalar sonini ko‘paytirishga qaratilgan islohotlari bu imkoniyatni yaratadi», — dedi vazir Aziz Abduhakimov.