Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

2028 yil 1 yanvargacha aralash mato va gazlama bojxona bojidan ozod etiladi

2028 yil 1 yanvargacha aralash mato va gazlama bojxona bojidan ozod etiladi

Prezident ishlab chiqarish va eksportni oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

Mamlakatimizda ip-kalava va matoning narxi asosiy raqobatchilardan o‘rtacha 10-15 foiz yuqoriligiga e’tibor qaratildi. Sababi – ishlab chiqarayotgan mahsulotimiz tarkibida paxta 90 foiz bo‘lsa, qolganlarda 30-40 foizi poliester, viskoza, spandeks kabi arzon sintetik matodan iborat.

Dunyoda sun’iy tola va aralash matoga talab yildan-yilga oshib bormoqda. Mamlakatimizda yiliga 100 ming tonna aralash ip, mato va gazlama import bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan 2028 yil 1 yanvargacha aralash mato va gazlama bojxona bojidan ozod etiladi.

Mutasaddilarga yil yakunigacha kamida 100 ming tonnalik aralash gazlama ishlab chiqarish loyihalarini boshlash topshirildi.

Shuningdek, bir nechta bo‘yoq korxonalari birlashib, suv tozalash inshootini qurmoqchi bo‘lsa, xarajatlarining bir qismi Savdoni rivojlantirish kompaniyasidan qoplab beriladi.

Kiritildi: 14:55 13.08.2025. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!