2026 yilgi Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Komissiya a’zolari O‘zbekiston delegasiyasining arizasini tasdiqlagan hamda IOI 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’qullagan.
Bu haqda raqamlashtirish vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda “kuchli beshlik”ka kiruvchi fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz jami 13 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.