«Oltin to‘p» mukofoti futbol muxlislari o‘rtasida tez-tez bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, favorit hisoblanmagan futbolchi ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan yillarda bahslar yanada qiziydi.
The Touchline nashrining xabar berishicha, 2026 yilda «Oltin to‘p» qoidalariga biroz o‘zgartirish kiritiladi. Endilikda ovoz berish ishtirokchilariga futbolchilarning katta o‘yinlardagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi.
O‘tgan yili (2025) «Oltin to‘p» sovrinini «PSJ» a’zosi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda Lamin Yamal, Rafinya va Vitinya ham sovringa asosiy da’vogarlar qatorida tilga olingandi.
Ma’lumot uchun, «Oltin to‘p»ni eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi Lionel Messi hisoblanadi (8 ta).