Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

2026 yildan Uzbekistan Airways yangi samolyotlarida internetdan foydalanish mumkin bo‘ladi

2026 yildan Uzbekistan Airways yangi samolyotlarida internetdan foydalanish mumkin bo‘ladi

Uzbekistan Airways yangi keltiriladigan A321neo samolyotlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlovchi HBCplus bort aloqasi tizimi bilan jihozlaydi.

HBCplus — sun’iy yo‘ldosh orqali multiorbital aloqani qo‘llab-quvvatlovchi ilg‘or texnologiya bo‘lib, yo‘lovchilarga parvoz vaqtida filmlar ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, messenjerlar orqali xabar almashish va onlayn ishlash imkonini beradi. Bu aviakompaniyaning bort xizmatini raqamlashtirish va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Yangi tizimni o‘rnatish 2026 yildan boshlanadi. Ushbu yilda birinchi A321neo samolyotlari Uzbekistan Airways parkiga qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun milliy aviatashuvchi bo‘lgan Uzbekistan Airways’ning parvozlarida hozirda Boeing 767/787, Airbus A-320/321, L-410 va ATR-72 turdagi samolyotlar qatnamoqda.

Kiritildi: 09:33 10.04.2025. O'qildi: 1213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!