Bu haqda Forbes ma’lumotlarida ma’lum qilindi.
AQShda 989 nafar milliarder bo‘lib, ularning umumiy boyligi taxminan 8,4 trln dollarni tashkil etadi.
Xitoyda 539 nafar milliarder va 2,2 trln dollar atrofida boylik jamlangan.
Hindistonda esa 229 nafar milliarder bo‘lib, ularning umumiy boyligi 1 trln dollar atrofida baholanmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari ham ushbu ro‘yxatda o‘rin olgan bo‘lsa-da, ularning ulushi juda kichik. Mintaqada eng ko‘p milliarder Qozog‘istonda, O‘zbekistondan ham bir nechta milliarder qayd etilgan.