Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

2025 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda 304 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi

2025 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda 304 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi

2025 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 304,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 56,3 ming tonna kam. Negaki 2024 yilning dastlabki uch oyi mobaynida respublikada 360,6 ming tonna benzin ishlab chiqarilgandi.

Shuningdek, mazkur yilning 3 oyi davomida mamlakatda 1,2 million tonna ko‘mir, 160,8 ming tonna neft, 11,3 milliard kubometr tabiiy gaz, 296,6 ming tonna gaz kondensati, 915 dona yuk avtomobillari hamda 70 ming 20 dona avtomobil dvigatellari singari ayrim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

O‘tgan yilning mos davrida esa ko‘mir ancha kam ishlab chiqarilgan (968,9 ming tonna). Neft ishlab chiqarilishi 179,1 ming tonna, gaz kondensati 326,3 ming tonnaga teng bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning butun 12 oyi davomida 1,3 million tonna benzin, 8,2 million tonna ko‘mir tayyorlangan bo‘lsa, ishlab chiqarilgan gaz kondensati 1,2 million tonna va neft 713,4 ming tonna edi.

Kiritildi: 14:58 25.04.2025. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!