Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

2025 yilda xorijliklar Rossiyada ishlash uchun 2,3 mlnta patent rasmiylashtirdi

2025 yilda xorijliklar Rossiyada ishlash uchun 2,3 mlnta patent rasmiylashtirdi

Bu 2024 yilga nisbatan 9% ko‘p demakdir.

Davlat dumasi raisi Volodinning ma’lum qilishicha, ularning patent to‘lovlari jami 172 mlrd rublni tashkil qilgan.

Deputatlar mamlakatda migrasiyani tartibga solishga qaratilgan qator qonunchilik tashabbuslarini ko‘rib chiqmoqda:

🔸mehnat muhojirlari Rossiyada o‘zi va oila a’zolarini hududda belgilangan yashash minimumi darajasida ta’minlash majburiyatini yuklash;

🔸har bir oila a’zosi uchun belgilangan miqdorda avans to‘lovini kiritish;

🔸Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan xorijliklar farzandlari 18 yoshga to‘lgach, 30 kun ichida mamlakatni tark etishi kerakligi;

🔸bir yil davomida 10 oydan kam ishlagan xorijlikka vaqtincha yashash ruxsati (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) bermaslik yoki mavjud ruxsatnomani bekor qilinishi.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!