Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

2025 yilda o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga arziydigan yetti osmon hodisasi

2025 yilda o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga arziydigan yetti osmon hodisasi

Kirib kelgan 2025 yilda professional astronomlar oddiy havaskorlarga yulduzli osmonda bir qator ta’sirli osmon hodisalarini kuzatishni va’da qilmoqda:

➖ Kvadrantidlar meteor oqimi. Bu har yili sayyoramizni "yog‘diruvchi" eng kuchli oqimlardan biridir. U 3 yoki 4 yanvarda o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetadi, shundan so‘ng pasaya boshlaydi. Eng yuqori faollik paytida bir soat davomida 120 tagacha meteorni ko‘rish mumkin.

➖ Quyosh tutilishi. Bu hodisa 29 mart kuni, Quyosh, Oy va Yer bir chiziqqa tizilganda sodir bo‘ladi. To‘liq tutilish faqat Kanadaning janubi-sharqida istiqomat qiluvchilar uchun kuzatiladi — qolgan hududlarda u eng ko‘pi bilan qisman bo‘ladi yoki umuman sezilmaydi.

➖ To‘liq Oy tutilishi. 7 sentyabr kuni sodir bo‘ladi, O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida to‘liq bo‘lib, uzoq vaqt davom etadi.

➖ Superoylar. 2025 yilda ularning uchtasi kuzatiladi: Ovchi Oyi (7 oktyabr), Qunduz Oyi (5 noyabr) va Sovuq Oy (4 dekabr).

➖ Shimol yog‘dulari. Quyoshning 11 yillik faollik davri (https://t.me/nigoh_01/8399) o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetgani sababli, kelgusi 12 oy davomida yog‘dularni 2024 yilga nisbatan ancha tez-tez kuzatish imkoni bo‘ladi.

Kiritildi: 14:24 03.01.2025. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!