Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

2025 yilda Chuvashiyada migrantlarga bir qator sohalarda ishlash taqiqlandi

2025 yilda Chuvashiyada migrantlarga bir qator sohalarda ishlash taqiqlandi

Mazkur qarorni viloyat rahbari Oleg Nikolayev imzolagan bo‘lib, bu haqda respublika hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

«Xorijiy fuqarolarga endi alkogol va tamaki mahsulotlarining chakana savdosida, jamoat transportida va taksilarda, ta’lim, madaniyat, sport va ko‘ngilochar sohalarda ishlash taqiqlandi», — deb qayd etilgan xabarda.

Ushbu chora migrasiya qonunchiligining buzilishini kamaytirish va Rossiya fuqarolarini ishga joylashtirishda yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Ish beruvchilar o‘zlarining chet ellik xodimlarini qayta ko‘rib chiqib, yangi talablarga muvofiqlashtirishlari kerak bo‘ladi, bu ishlar 1 aprelga qadar amalga oshirilishi lozim.

Shu bilan birga, «bu taqiq Qozog‘iston, Armaniston, Belorussiya va Qirg‘iziston fuqarolariga, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarga, ularning Rossiyada ishlash uchun ruxsatnoma talab etmasligiga taalluqli emas», — deb qo‘shilgan.

2025 yilning boshiga kelib, Chuvashiya migrantlarni ishga joylashtirishga deyarli hech qanday cheklovlar kiritilmagan 40 ta Rossiya regionidan biri bo‘lib kelgan edi. Endi esa u migrantlarning deyarli hech qaysi sohada ishlashga huquqi bo‘lmagan regionlar ro‘yxatini to‘ldirdi.

Kiritildi: 01:48 30.01.2025. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!