Bunday ma’lumotni AQShdagi Aviation Safety Network portali ma’lumotlarini tahlil qilgan Germaniya aviasiya sanoati ittifoqi keltirdi. Ushbu portal butun dunyo bo‘ylab fuqarolik aviasiyasidagi hodisalarni to‘playdi. Unda sig‘imi kamida 14 kishilik bo‘lgan samolyotlar hisobga olinadi.
Statistikaga ko‘ra, 2025 yilda aviasiya hodisalarida 352 nafar yo‘lovchi, 33 nafar ekipaj a’zosi va yerda bo‘lgan 33 kishi halok bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga (334 qurbon) nisbatan yuqoriroq, biroq 50 yil avvalgiga qaraganda ancha past.
1970-yillarda samolyotda halok bo‘lish ehtimoli 264 mingda 1 ni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich qariyb 1,5 millionda 1 ga teng. Shu bilan birga, o‘sha vaqtdan buyon aviayo‘lovchilar soni qariyb 10 baravar oshib, yiliga 4,7 milliard kishiga yetgan.
2025 yilning eng yirik aviahalokati Air India aviakompaniyasiga tegishli Boeing 787-8 Dreamliner samolyotining Ahmadobod shahrida qulashi bo‘ldi.