Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

2024 yilga chigitni ommaviy ekish boshlanishi bo‘yicha tavsiya va ekish optimal muddatlari belgilandi

A A A
2024 yilga chigitni ommaviy ekish boshlanishi bo‘yicha tavsiya va ekish optimal muddatlari belgilandi

Joriy yil mart oyi birinchi yarmi juda ham salqin va chigit urug‘ini tuproqqa qadash uchun qulay muddat bo‘lmadi. Martning boshqa kunlari ham respublika bo‘ylab harorat ijobiy bo‘lgani bilan tuproqning turli chuqurliklarida urug‘ qadash uchun "qulay" tuproq sharoiti (namlik va harorat) kuzatilmadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (https://t.me/uzagroministry/20102) respublikada kutilayotgan kelgusi oylik ob-havo prognozi, havo xarorati, tuproq chuqurlik kesimlaridagi harorat va namligidan kelib chiqib, hududlar kesimida ommaviy chigit ekish muddatini belgiladi. Unga ko‘ra:

Qashqadaryo viloyatida – 28-30 mart;

Buxoro va Navoiy viloyatida - 31 mart - 1 aprel;

Andijon viloyatida – 1-2 aprel;

Farg‘ona, Namangan viloyatlarida – 2-3 aprel;

Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida – 4-6 aprel;

Samarqand viloyatida – 5-7 aprel;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 6-8 aprel, janubiy tumanlarida – 4-6 aprel;

Xorazm viloyatida – 5-7 aprel.

Kiritildi: 21:51 31.03.2024. O'qildi: 2490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!