AOKAda «O‘zbekkosmos» agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida kosmik tadqiqotlar yo‘nalishida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2024 yildagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi:
✔️Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligi sohasida 2024 yilda respublikaning 8 ta hududida (Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Toshkent va Namangan viloyatlari) yerlardan foydalanishning joriy holati (boshqa maqsadlarda), ekinlarning turlari (asosan paxta, bug‘doy, shuningdek, sun’iy intellekt imkoniyatlariga ko‘ra boshqa ekin turlari) hamda haqiqatda ekilgan ekin maydonlari aniqlanadi.
✔️Joriy yilda global sun’iy yo‘ldoshli navigasiya (GNSS) tizimlari operatorlari bilan hamkorlik aloqalar yo‘lga qo‘yiladi.
✔️“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10 nafargacha talabalarni ta’lim olish uchun yuboriladi.
✔️Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar davlatlararo kosmik kengashining 5-yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazadi.