Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

2024 yilda Samarqanddan bir necha mamlakatlarga muntazam va charter aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

A A A
2024 yilda Samarqanddan bir necha mamlakatlarga muntazam va charter aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

2024 yilda Samarqanddan Turkiya, Vyetnam, Malayziya, Indoneziya, Xitoy, shuningdek, Yevropa shaharlariga muntazam va charter havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Yevropaning ommabop Euronews telekanali veb-saytida e’lon qilingan O‘zbekistonda xususiy aviasiyani rivojlanishiga bag‘ishlangan tahliliy maqolada ma’lum qilindi.

Nashrda ta’kidlanishicha, yangi aviakompaniya Samarqandga chet ellik mehmonlarni yanada ko‘proq jalb qilishga yordam beradi.

«Yangi aviakompaniyani yaratish odatda ma’lum bir tijorat xavfini keltirib chiqaradi. Ammo «Air Samarkand» kompaniyasiga kelsak, bizda sayyohlar va ishbilarmon mehmonlarni jalb qilish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bizning jahon darajasidagi maktablarimiz va universitetlarimiz ushbu mintaqaga butun dunyodan talabalarni jalb qiladi. «Air Samarkand» O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi yangi sayyohlik, madaniy, biznes va ta’lim markazi sifatida rivojlanishiga yordam beradi», - deya «Air Samarkand» kompaniyasi bosh direktori Anton Xodjayan so‘zlaridan iqtibos keltirgan manba.

Maqolada keyingi 12 oy ichida «Air Samarkand» Samarqanddan bir qator yo‘nalishlarga charter va rejali reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani qayd etilgan. Jumladan, kelgusi yil boshida Turkiya, Vyetnam, Malayziya, Indoneziya va Xitoy shaharlariga parvozlar boshlanadi va ularga Yevropa shaharlari ham qo‘shiladi.

«O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar turizm sohasida xususiy tashabbuslarning sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Samarqanddagi xususiy kapital «Air Samarkand» kabi yangi aviakompaniyalarni rivojlantirish orqali shahar aeroporti va transport aloqalarini yaxshilash imkonini bermoqda. Ushbu tashabbus Samarqandning turizm, savdo, ilmiy tadqiqotlar va boshqa faoliyatni rivojlantirish salohiyatini ochishga qaratilgan», - deyiladi materialda.

Maqola xulosasida «zamonaviy aeroport, sayyohlik majmuasi qurilishi va yangi aviakompaniyalarning ishga tushirilishi Samarqand shahrining dunyo sayyohlik xaritasidan munosib o‘rin egallashiga mustahkam poydevor yaratayapti», - deb yozgan «Euronews»

Kiritildi: 16:36 08.12.2023. O'qildi: 1697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!