Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

2024 yilda qancha aholi tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlangani ochiqlandi

2024 yilda qancha aholi tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlangani ochiqlandi

O‘zbekistonda 2024 yilning 10 oyi davomida tuhmat va haqorat uchun javobgarlikka tortilgan fuqarolar soni ochiqlandi. Bu haqida Oliy Sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik – tuhmat qilishda ayblanib 2 ming 423 nafar fuqaro sudlangan.

Shuningdek, MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik – haqorat qilishda ayblanib 27 ming 928 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Oliy sud vakili ularning barchasiga jarima solinganini bildirdi.

Kiritildi: 18:12 21.11.2024. O'qildi: 395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!