Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

2024 yilda eng ko‘p maosh olgan sportchilar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

2024 yilda eng ko‘p maosh olgan sportchilar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2024-yil yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p maosh oluvchi sportchi bo‘ldi.

Bu haqda Sportico jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 40 yoshli portugaliyalik 260 million dollar ishlab topgan. Reytingda ikkinchi o‘rinni basketbolchi Stiven Karri (153,8), bokschi Tayson Fyuri esa uchinchi o‘rinni (147) egalladi.

Argentinalik Lionel Messi 135 million bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

Neymar 133 million bilan oltinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, eng ko‘p maosh oladigan sportchilar o‘nligidan mos ravishda 116 va 110 million daromad olgan fransuzlar Karim Benzema va Kilian Mbappe joy oldi.

Kiritildi: 16:55 13.02.2025. O'qildi: 2685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!