Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

2024 yilda 66 mingdan ortiq holatda yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aniqlandi

2024 yilda 66 mingdan ortiq holatda yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aniqlandi

O‘tgan 2024 yil mobaynida Kadastr agentligi tomonidan olib boriladigan yer va kadastr nazorati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasida hisobot berildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 66 109 ta holatda 9 462,3 gektar yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlanib, 41 972 ta holatda 4 472,2 gektar yerda qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Sud ishlari 21 459 ta holatda 4 654,1 gektar yerga da’vo arizalari kiritildi. 5 561 ta (1 144,5 gektar) da’vo arizalari sudlar tomonidan qanoatlantirildi va majburiy ijroga qaratildi.

Jinoyat va ma’muriy javobgarlik bo‘yicha 2 146 ta holatda jinoyat alomatlari bo‘lgan materiallar prokuratura organlariga yuborildi. 41 708 ta shaxsga yerga oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

Bugungi kunda yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Kiritildi: 10:39 25.03.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!